وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم: «إِنَّ للَّهِ مائةَ رَحْمَةٍ أَنْزَلَ مِنْهَا رَحْمَةً وَاحِدَةً بَيْنَ الْجِنِّ وَالْإِنْسِ وَالْبَهَائِمِ وَالْهَوَامِّ فَبِهَا يَتَعَاطَفُونَ وَبِهَا يَتَرَاحَمُونَ وَبِهَا تَعْطُفُ الْوَحْشُ عَلَى وَلَدِهَا وَأَخَّرَ اللَّهُ تِسْعًا وَتِسْعِينَ رَحْمَةً يَرْحَمُ بِهَا عِبَادَهُ يَوْمَ الْقِيَامَة» وَفِي رِوَايَةٍ لِمُسْلِمٍ عَنْ سَلْمَانَ نَحْوُهُ وَفِي آخِرِهِ قَالَ: «فَإِذَا كَانَ يَوْمُ الْقِيَامَةِ أَكْمَلَهَا بِهَذِهِ الرَّحْمَة»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Albatta, Alloh uchun yuz (boʻlak) rahmat bordir. U shulardan bir boʻlak rahmatni jin, inson, chorva va hashorotlar orasiga tushirdi. Ana oʻsha (boʻlak) tufayli ular bir-biriga mehribonlik qiladilar, bir-biriga rahm qiladilar va u tufayli yovvoyi hayvon oʻz bolasiga mehribonlik qiladi. Alloh toʻqson toʻqqiz boʻlak rahmatni esa qiyomat kuni bandalariga rahm qilish uchun kechiktirib (saqlab) qoʻydi», dedilar.