وَعَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ: أَنَّهُ سَمِعَ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُصُّ عَلَى الْمِنْبَرِ وَهُوَ يَقُول: (ولِمنْ خافَ مقامَ رَبِّهِ جنَّتانِ) قُلْتُ: وَإِنْ زَنَى وَإِنْ سَرَقَ؟ يَا رَسُولَ اللَّهِ فَقَالَ الثَّانِيَةَ: (وَلِمَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِ جنَّتان) فقلتُ الثانيةَ: وإِنْ زنى وسرق؟ يَا رَسُولَ اللَّهِ فَقَالَ الثَّالِثَةَ: (وَلِمَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِ جَنَّتَانِ) فَقُلْتُ الثَّالِثَةَ: وَإِنْ زَنَى وسرق؟ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ: «وَإِنْ رَغِمَ أَنْفُ أبي الدَّرْدَاء» . رَوَاهُ أَحْمد
Abu Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U Nabiy ﷺning minbarda vaʼz aytib turib: {Robbisining huzurida turishdan qoʻrqqan kishi uchun ikki jannat bordir} (Rahmon 46) deyayotganlarini eshitdi. (Abu Dardo): ‹Zino qilsa va oʻgʻirlik qilsa ham(mi), ey Allohning Rasuli?›, dedim. U zot ikkinchi marta: {Robbisining huzurida turishdan qoʻrqqan kishi uchun ikki jannat bordir}, dedilar. Men yana ikkinchi marta: ‹Zino qilsa va oʻgʻirlik qilsa ham(mi), ey Allohning Rasuli?›, dedim. U zot uchinchi marta: {Robbisining huzurida turishdan qoʻrqqan kishi uchun ikki jannat bordir}, dedilar. Men uchinchi marta: ‹Zino qilsa va oʻgʻirlik qilsa ham(mi), ey Allohning Rasuli?›, dedim. U zot: «Abu Dardoning burni yerga ishqalansa ham (yaʼni, u xohlamasa ham)», dedilar. Ahmad rivoyat qilgan.