وَعَنْ أَنَسٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا أَوَى إِلَى فِرَاشِهِ قَالَ: «الحمدُ للَّهِ الَّذِي أطعمنَا وَسَقَانَا وكفانا وَآوَانَا فَكَمْ مِمَّنْ لَا كَافِيَ لَهُ وَلَا مؤوي» . رَوَاهُ مُسلم
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ oʻrniga (yotgani) borganlarida shunday derdilar: «Bizni taomlantirgan, ichirgan, (ehtiyojimizdan) kifoya qilgan va (bizga) joy bergan Allohga hamd boʻlsin. Qancha-qancha (odamlar) borki, ularga kifoya qiluvchi ham, joy beruvchi ham yoʻq.»