وَعنهُ قَالَ: قَالَ أَبُو بَكْرٍ: قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ مُرْنِي بِشَيْءٍ أَقُولُهُ إِذَا أَصْبَحْتُ وَإِذَا أَمْسَيْتُ قَالَ: «قُلِ اللَّهُمَّ عَالِمَ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ فَاطِرَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ رَبَّ كُلِّ شَيْءٍ وَمَلِيكَهُ أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ نَفْسِي وَمِنْ شَرِّ الشَّيْطَانِ وَشِرْكِهِ قُلْهُ إِذَا أَصْبَحْتَ وَإِذَا أَمْسَيْتَ وَإِذَا أَخَذْتَ مضجعك» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد والدارمي
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytdi: Abu Bakr: «Ey Allohning Rasuli, menga tongga va kechga kirganimda aytadigan biror narsani buyuring», dedi. U zot (ﷺ): «Ayt: ‹Allohumma alimal-gʻaybi vash-shahadati fotiras-samavati val-arzi, Robba kulli shayʼin va maliykahu, ash-hadu an la ilaha illa Anta, aʼuzu bika min sharri nafsiy va min sharrish-shaytoni va shirkihi (Ey gʻaybni ham, oshkorni ham biluvchi Alloh, osmonlar va yerni yoʻqdan yaratuvchi, har bir narsaning Robbi va Egasi, Sendan oʻzga iloh yoʻq ekaniga guvohlik beraman, nafsim yomonligidan, shaytonning yomonligidan va uning shirkidan Senga panoh tilayman)›», dedilar. (Soʻng) u zot: «Buni tongga kirganingda, kechga kirganingda va yotogʻingga yotganingda ayt», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.