وَعَن أبي الْأَزْهَر الأيماري أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا أَخَذَ مَضْجَعَهُ مِنَ اللَّيْلِ قَالَ: «بسمِ اللَّهِ وضعْتُ جَنْبي للَّهِ اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي ذَنْبِي وَاخْسَأْ شَيْطَانِي وَفُكَّ رِهَانِي وَاجْعَلْنِي فِي النَّدِيِّ الْأَعْلَى» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abul Azhar al-Anmoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ kechasi yotoqlariga yotganlarida: «Bismillahi vazaʼtu janbiy. Allohummagʻfir liy zanbiy, va axsiʼ shaytoniy, va fukka rihaniy, vajʼalniy fin-nadiyyil aʼla (Alloh nomi bilan yonboshimni qoʻydim. Ey Alloh, gunohimni kechirgin, shaytonimni quvgin, garovimni boʻshatgin va meni eng oliy majlisda qilgin)», deb aytar edilar. Abu Dovud aytdi: Buni Abu Hammom al-Ahvoziy Savrdan rivoyat qilib, Abu Zuhayr al-Anmoriy degan.