وَعَن أَبِي مَالِكٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " إِذَا أَصْبَحَ أَحَدُكُمْ فَلْيَقُلْ: أَصْبَحْنَا وَأَصْبَحَ الْمُلْكُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ خَيْرَ هَذَا الْيَوْمِ فَتْحَهُ وَنَصْرَهُ وَنُورَهُ وَبِرْكَتَهُ وَهُدَاهُ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا فِيهِ وَمِنْ شَرِّ مَا بَعْدَهُ ثُمَّ إِذَا أَمْسَى فَلْيَقُلْ مِثْلَ ذَلِكَ ". رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abu Dovud aytdi: Shu isnod bilan rivoyat qilinishicha, Rasululloh ﷺ: «Biringiz tongga yetganda, shuni aytsin: ‹Asbahna va asbahal-mulku lillahi robbil-olamin. Allohumma inni asʼaluka xayra hazal-yavmi, fathahu va nasrahu va nurahu va barakatahu va hudohu, va aʼuzu bika min sharri ma fihi va sharri ma baʼdahu (Biz tongga yetdik va butun mulk ham olamlar Robbi Alloh uchun tongga yetdi. Ey Alloh! Men Sendan shu kunning yaxshiligini — uning ochilishi, nusrati, nuri, barakasi va hidoyatini soʻrayman. Hamda Sendan undagi narsaning yomonligidan va undan keyingi narsaning yomonligidan panoh tilayman)›. Soʻng kechga yetganda shuningdek aytsin», dedilar.