وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا سَمِعْتُمْ صِيَاحَ الدِّيَكَةِ فَسَلُوا اللَّهَ مِنْ فَضْلِهِ فَإِنَّهَا رَأَتْ مَلَكًا وَإِذَا سَمِعْتُمْ نَهِيقَ الْحِمَارِ فَتَعَوَّذُوا بِاللَّهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ فَإِنَّهُ رَأَى شَيْطَانا»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ shunday dedilar: «Xoʻrozlarning qichqirganini eshitsangiz, Allohdan Uning fazlini soʻrang, chunki u farishtani koʻrgan boʻladi. Eshakning hangraganini eshitsangiz, quvilgan shaytondan Allohga panoh soʻrang, chunki u shaytonni koʻrgan boʻladi.» Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.