وَعَنْ عُمَرَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " مَنْ دَخَلَ السُّوقَ فَقَالَ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ يُحْيِي وَيُمِيتُ وَهُوَ حَيٌّ لَا يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ كَتَبَ اللَّهُ لَهُ أَلْفَ أَلْفَ حَسَنَةٍ وَمَحَا عَنْهُ أَلْفَ أَلْفَ سَيِّئَةٍ وَرَفَعَ لَهُ أَلْفَ أَلْفَ دَرَجَةٍ وَبَنَى لَهُ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَقَالَ التِّرْمِذِيُّ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ وَفِي شَرْحِ السُّنَّةِ: «مَنْ قَالَ فِي سُوقٍ جَامِعٍ يباعُ فِيهِ» بدل «من دخل السُّوق»
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Kim bozorga kirib: ‹La ilaha illalloh vahdahu la sharika lah, lahul-mulku va lahul-hamdu, yuhyi va yumitu, va huva hayyun la yamutu, biyadihil-xayru, va huva ala kulli shayʼin qadir (Yolgʻiz Allohdan boshqa hech iloh yoʻq, Uning sherigi yoʻq, mulk Uniki, hamd Uniki, U tiriltiradi va oʻldiradi, U tirikdir, oʻlmaydi, yaxshilik Uning qoʻlidadir va U har narsaga qodirdir)› desa, Alloh unga ming-ming yaxshilik yozadi, undan ming-ming yomonlikni oʻchiradi va uni ming-ming daraja koʻtaradi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir. Bu hadisni Amr ibn Dinor — u Zubayr xonadonining ishbilarmoni edi — Solim ibn Abdullohdan shunga oʻxshash rivoyat qilgan.