وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مَنْ جَلَسَ مَجْلِسًا فَكَثُرَ فِيهِ لَغَطُهُ فَقَالَ قَبْلَ أَنْ يَقُومَ: سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ إِلَّا غُفِرَ لَهُ مَا كَانَ فِي مَجْلِسِهِ ذَلِكَ ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَالْبَيْهَقِيّ فِي الدَّعْوَات الْكَبِير
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Kim bir majlisda oʻtirib, unda koʻp behuda gap-soʻz qilsa-yu, soʻng oʻsha majlisidan turishidan oldin: ‹Subhanaka Allohumma va bihamdika, ashhadu an la ilaha illa anta, astagʻfiruka va atubu ilayk (Ey Alloh, Seni hamding bilan poklayman, Sendan boshqa hech iloh yoʻqligiga guvohlik beraman, Sendan magʻfirat soʻrayman va Senga tavba qilaman)› desa, oʻsha majlisida boʻlgan (gunohlari) unga magʻfirat qilinadi», dedilar. Bu bobda Abu Barza va Oishadan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Bu hadis shu yoʻldan hasan gʻarib sahihdir, biz uni Suhayl hadisidan faqat shu yoʻl bilangina bilamiz.