وَعَنْ أَنَسٍ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي أُرِيدُ سَفَرًا فَزَوِّدْنِي فَقَالَ: «زَوَّدَكَ اللَّهُ التَّقْوَى» . قَالَ: زِدْنِي قَالَ: «وَغَفَرَ ذَنْبَكَ» قَالَ: زِدْنِي بِأَبِي أَنْتَ وَأُمِّي قَالَ: «وَيَسَّرَ لكَ الْخَيْر حيثُما كُنْتَ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ غَرِيبٌ
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, men safar qilmoqchiman, menga zod (toʻla) bering», dedi. U zot: «Zavvadakallohut-taqvo (Alloh senga taqvoni zod qilib bersin)», dedilar. U: «Yana qoʻshing», dedi. U zot: «Va gʻafara zanbaka (va gunohingni magʻfirat qilsin)», dedilar. U: «Otam-onam sizga fido boʻlsin, yana qoʻshing», dedi. U zot: «Va yassara lakal-xayra haysumo kunta (qayerda boʻlsang, senga yaxshilikni oson qilsin)», dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir.