وَعَنْ أَنَسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِذَا خَرَجَ الرَّجُلُ مِنْ بَيْتِهِ فَقَالَ: بِسْمِ اللَّهِ تَوَكَّلْتُ عَلَى اللَّهِ لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللَّهِ يُقَالُ لَهُ حِينَئِذٍ هُدِيتَ وَكُفِيتَ وَوُقِيتَ فَيَتَنَحَّى لَهُ الشَّيْطَانُ وَيَقُولُ شَيْطَانٌ آخَرُ: كَيْفَ لَكَ بِرَجُلٍ قَدْ هُدِيَ وَكُفِيَ وَوُقِيَ ". رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وروى التِّرْمِذِيّ إِلى قَوْله: «الشَّيْطَان»
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ shunday dedilar: «Kishi uyidan chiqib: ‹Bismillah, tavakkaltu alalloh, lo havla va lo quvvata illo billah (Alloh nomi bilan, Allohga tavakkal qildim, Allohdan boshqa kuch-quvvat yoʻq)›, desa, oʻsha vaqtda unga: ‹Hidoyat topding, kifoya qilinding va saqlanding›, deyiladi. Shunda shaytonlar undan uzoqlashadi, boshqa bir shayton esa unga: ‹Hidoyat topgan, kifoya qilingan va saqlangan kishini sen qanday qila olasan?› deydi.»