وَعَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " مَنْ كَثُرَ هَمُّهُ فَلْيَقُلْ: اللَّهُمَّ إِنِّي عَبْدُكَ وَابْنُ عَبْدِكَ وَابْنُ أَمَتِكَ وَفِي قَبْضَتِكَ نَاصِيَتِي بِيَدِكَ مَاضٍ فِيَّ حُكْمُكَ عَدْلٌ فِيَّ قَضَاؤُكَ أَسْأَلُكَ بِكُلِّ اسْمٍ هُوَ لَكَ سَمَّيْتَ بِهِ نَفْسَكَ أَوْ أَنْزَلْتَهُ فِي كِتَابِكَ أَوْ عَلَّمْتَهُ أَحَدًا مِنْ خَلْقِكَ أَوْ أَلْهَمْتَ عِبَادَكَ أَوِ اسْتَأْثَرْتَ بِهِ فِي مَكْنُونِ الْغَيْبِ عِنْدَكَ أَنْ تَجْعَلَ الْقُرْآنَ رَبِيعَ قلبِي وجِلاء هَمِّي وغَمِّي مَا قَالَهَا عَبْدٌ قَطُّ إِلَّا أَذْهَبَ اللَّهُ غمه وأبدله فرجا ". رَوَاهُ رزين
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kimning gʻam-tashvishi koʻpaysa, u shunday desin: ‹Allohim, men Sening bandangman, bandang va choʻringning oʻgʻliman, qabzangdaman, peshonam qoʻlingdadir, hukming menda joriy, qazoying menga adolatlidir. Oʻzingniki boʻlgan — Oʻzingni u bilan atagan yoki Kitobingda nozil qilgan yoki maxluqotingdan biriga oʻrgatgan yoki bandalaringga ilhom qilgan yoxud Oʻzingdagi yashirin gʻayb xazinasida saqlab qoʻygan — har bir isming bilan Sendan soʻraymanki, Qurʼonni qalbimning bahori, gʻam-alamimni ketkazadigan jilo qilgin›», dedilar. Soʻng: «Buni aytgan har qanday banda boʻlmasin, albatta Alloh uning gʻamini ketkazib, oʻrniga faraj (kengchilik) beradi», dedilar. Razin rivoyat qilgan.