وَعَن قُطْبةَ بْنِ مَالِكٍ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ مُنْكَرَاتِ الْأَخْلَاق والأعمال والأهواء» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Ziyod ibn Iloqa amakisi Qutba ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladi: U aytdi: «Nabiy ﷺ: ‹Allohumma inniy aʼuzu bika min munkarotil-axloqi val-aʼmoli val-ahvaʼ (Ey Allohim, men Sendan yomon axloqlardan, yomon amallardan va yomon nafsoniy istaklardan panoh soʻrayman)›, derdilar». Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Ziyod ibn Iloqaning amakisi — Nabiy ﷺning sahobalari Qutba ibn Molikdir.