وَعَن أبي الْيُسْر أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَدْعُو: «اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْهَدْمِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ التَّرَدِّي وَمِنَ الْغَرَقِ وَالْحَرْقِ وَالْهَرَمِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ أَنْ يَتَخَبَّطَنِي الشَّيْطَانُ عِنْدَ الْمَوْتِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ أَنْ أَمُوتَ فِي سَبِيلِكَ مُدْبِرًا وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ أَنْ أَمُوتَ لَدِيغًا» رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَزَادَ فِي رِوَايَةٍ أُخْرَى «الْغم»
Abul Yasar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ bunday duo qilar edilar: «Allohumma, men Sendan (uy) bosib qolishidan panoh soʻrayman, Sendan balandlikdan yiqilishdan panoh soʻrayman, Sendan suvga choʻkishdan, yonib ketishdan va keksalik holsizligidan panoh soʻrayman, Sendan oʻlim chogʻida shayton meni yoʻldan urishidan panoh soʻrayman, Sendan yoʻlingda jangdan qochib oʻlishimdan panoh soʻrayman va Sendan zaharli (jonzot) chaqishidan oʻlishimdan panoh soʻrayman».