وَعَن عبد الله يزِيد الخطمي عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ كَانَ يَقُولُ فِي دُعَائِهِ: «اللَّهُمَّ ارْزُقْنِي حُبَّكَ وَحُبَّ مَنْ يَنْفَعُنِي حُبُّهُ عِنْدَكَ اللَّهُمَّ مَا رَزَقْتَنِي مِمَّا أُحِبُّ فَاجْعَلْهُ قُوَّةً لِي فِيمَا تُحِبُّ اللَّهُمَّ مَا زَوَيْتَ عَنِّي مِمَّا أحب فاجعله فراغا ي فِيمَا تحب» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abdulloh ibn Yazid al-Xatmiy al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ duolarida: «Allohim, menga Oʻz muhabbatingni va muhabbati Sening huzuringda menga foyda beradigan kishilarning muhabbatini ato et. Allohim, men sevadigan narsalardan menga rizq qilib berganingni Oʻzing sevadigan narsada menga quvvat qil. Allohim, men sevadigan narsalardan mendan uzoqlashtirganingni Oʻzing sevadigan narsada men uchun forigʻlik (boʻsh vaqt) qil», deb aytar edilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Abu Jaʼfar al-Xatmiyning ismi Umayr ibn Yazid ibn Xumoshadir.