BOB
Odamlar «Lo ilaha illalloh, Muhammadun Rasululloh» degunlaricha, namozni toʻkis ado etgunlaricha, zakot bergunlaricha va Paygʻambar ﷺ olib kelgan barcha narsaga iymon keltirgunlaricha ular bilan jang qilishga buyruq. Kim shunday qilsa, joni va moli — haqqidan boshqa (holatda) — himoyalanadi, botiniy ishi esa Alloh taologa havola. Zakot bermaganlar yoki boshqalar bilan jang qilish Islom vazifalaridan biridir va imom Islom hukmlariga eʼtibor berishi (lozim)
وَحَدَّثَنَا سُوَيْدُ بْنُ سَعِيدٍ، وَابْنُ أَبِي عُمَرَ، قَالاَ حَدَّثَنَا مَرْوَانُ، - يَعْنِيَانِ الْفَزَارِيَّ - عَنْ أَبِي مَالِكٍ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " مَنْ قَالَ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَكَفَرَ بِمَا يُعْبَدُ مِنْ دُونِ اللَّهِ حَرُمَ مَالُهُ وَدَمُهُ وَحِسَابُهُ عَلَى اللَّهِ " .
Abu Molikning otasi (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ning shunday deyayotganlarini eshitdim: «Kim «Lo ilaha illalloh» desa va Allohdan oʻzga ibodat qilinadigan narsalarni inkor qilsa, uning moli va qoni harom (taʼqiqlangan) boʻladi, hisobi esa Allohning zimmasida».