حَدَّثَنِي أَبُو بَكْرِ بْنُ نَافِعٍ الْعَبْدِيُّ، حَدَّثَنَا بَهْزٌ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، حَدَّثَنَا ثَابِتٌ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ حَدَّثَنِي عِتْبَانُ بْنُ مَالِكٍ، أَنَّهُ عَمِيَ فَأَرْسَلَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ تَعَالَ فَخُطَّ لِي مَسْجِدًا . فَجَاءَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَجَاءَ قَوْمُهُ وَنُعِتَ رَجُلٌ مِنْهُمْ يُقَالُ لَهُ مَالِكُ بْنُ الدُّخْشُمِ . ثُمَّ ذَكَرَ نَحْوَ حَدِيثِ سُلَيْمَانَ بْنِ الْمُغِيرَةِ .
Itbon ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: u koʻr boʻlib qoldi-da, Rasululloh ﷺ ga (xabar) yubordi: «(Mening oldimga) keling va menga bir masjid (namoz oʻqiydigan joy) belgilab bering», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ keldilar, uning qavmi (ham) keldi va ulardan Molik ibn ad-Duxshum deb ataladigan bir kishi haqida (yomon) gapirildi. Soʻng u Sulaymon ibn al-Mugʻiyraning hadisi kabi (rivoyatni) zikr qildi.