وَحَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ مُعَاذٍ الْعَنْبَرِيُّ، حَدَّثَنَا أَبِي، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنِ الْوَلِيدِ بْنِ الْعَيْزَارِ، أَنَّهُ سَمِعَ أَبَا عَمْرٍو الشَّيْبَانِيَّ، قَالَ حَدَّثَنِي صَاحِبُ، هَذِهِ الدَّارِ - وَأَشَارَ إِلَى دَارِ عَبْدِ اللَّهِ - قَالَ سَأَلْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَىُّ الأَعْمَالِ أَحَبُّ إِلَى اللَّهِ قَالَ " الصَّلاَةُ عَلَى وَقْتِهَا " . قُلْتُ ثُمَّ أَىٌّ قَالَ " ثُمَّ بِرُّ الْوَالِدَيْنِ " . قُلْتُ ثُمَّ أَىٌّ قَالَ " ثُمَّ الْجِهَادُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ " قَالَ حَدَّثَنِي بِهِنَّ وَلَوِ اسْتَزَدْتُهُ لَزَادَنِي .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ dan: «Amallarning qaysi biri Allohga eng mahbub (sevimli)?» deb soʻradim. (Paygʻambar): «Namozni oʻz vaqtida (oʻqish)», dedilar. Men: «Soʻng qaysi?» dedim. (Paygʻambar): «Soʻng ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. Men: «Soʻng qaysi?» dedim. (Paygʻambar): «Soʻng Alloh yoʻlida jihod qilish», dedilar. Agar (savol berib) koʻproq (javob) soʻraganimda, albatta menga ziyoda qilgan (koʻproq aytgan) boʻlardi.