حَدَّثَنِي عَمْرُو بْنُ مُحَمَّدِ بْنِ بُكَيْرِ بْنِ مُحَمَّدٍ النَّاقِدُ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ ابْنُ عُلَيَّةَ، عَنْ سَعِيدٍ الْجُرَيْرِيِّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ كُنَّا عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " أَلاَ أُنَبِّئُكُمْ بِأَكْبَرِ الْكَبَائِرِ - ثَلاَثًا - الإِشْرَاكُ بِاللَّهِ وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ أَوْ قَوْلُ الزُّورِ " . وَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مُتَّكِئًا فَجَلَسَ فَمَازَالَ يُكَرِّرُهَا حَتَّى قُلْنَا لَيْتَهُ سَكَتَ .
Abu Bakra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ ning huzurida edik. Shunda (Paygʻambar): «Sizlarga katta gunohlarning eng kattasini xabar bermaymi?» — uch marta — «Allohga sherik keltirish, ota-onaga oqlik qilish (itoatsizlik) va yolgʻon guvohlik — yoki: yolgʻon soʻz», dedilar. Rasululloh ﷺ (avval) yonboshlab (suyanib) yotgan edilar, soʻng oʻtirib oldilar-da, uni shu qadar takrorlayverdilarki, hatto biz: «Qaniydi (Paygʻambar) jim tursalar» dedik.