وَحَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، أَخْبَرَنَا هُشَيْمٌ، عَنْ إِسْمَاعِيلَ، عَنْ قَيْسِ بْنِ أَبِي حَازِمٍ، عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ الأَنْصَارِيِّ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ آيَتَانِ مِنْ آيَاتِ اللَّهِ يُخَوِّفُ اللَّهُ بِهِمَا عِبَادَهُ وَإِنَّهُمَا لاَ يَنْكَسِفَانِ لِمَوْتِ أَحَدٍ مِنَ النَّاسِ فَإِذَا رَأَيْتُمْ مِنْهَا شَيْئًا فَصَلُّوا وَادْعُوا اللَّهَ حَتَّى يُكْشَفَ مَا بِكُمْ " .
Abu Masʼud al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, quyosh va oy Allohning oyatlaridan ikkita oyatdir. Alloh ular bilan bandalarini qoʻrqitadi. Ular birorta odamning oʻlimi tufayli tutilmaydi. Bas, qachon ulardan birortasini (tutilgan holda) koʻrsangiz, namoz oʻqing va sizdan (bu balo) koʻtarilguncha Allohga duo qiling», — dedilar.