وَحَدَّثَنَا خَلَفُ بْنُ هِشَامٍ، وَأَبُو الرَّبِيعِ الزَّهْرَانِيُّ، جَمِيعًا عَنْ حَمَّادٍ، - قَالَ خَلَفٌ حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، - عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ ذُكِرَ عِنْدَ عَائِشَةَ قَوْلُ ابْنِ عُمَرَ الْمَيِّتُ يُعَذَّبُ بِبُكَاءِ أَهْلِهِ عَلَيْهِ . فَقَالَتْ رَحِمَ اللَّهُ أَبَا عَبْدِ الرَّحْمَنِ سَمِعَ شَيْئًا فَلَمْ يَحْفَظْهُ إِنَّمَا مَرَّتْ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم جَنَازَةُ يَهُودِيٍّ وَهُمْ يَبْكُونَ عَلَيْهِ فَقَالَ " أَنْتُمْ تَبْكُونَ وَإِنَّهُ لَيُعَذَّبُ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U (Oisha) huzurida Ibn Umarning «Mayyit oilasining unga yigʻlashi sababli azoblanadi» degan soʻzi zikr qilindi. Shunda u (Oisha): «Alloh Abu Abdurrahmonga (Ibn Umarga) rahm qilsin! U bir narsani eshitdi-yu, lekin uni (yaxshi) yodlab qolmadi. Aslida Rasululloh ﷺ ning oldidan bir yahudiyning janozasi oʻtdi, ular esa unga yigʻlayotgan edilar. Shunda u zot: ‹Sizlar yigʻlayapsizlar, holbuki, u (oʻz gunohi tufayli) azoblanmoqda›, — dedilar», — dedi.