وَحَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، أَخْبَرَنَا يَزِيدُ بْنُ زُرَيْعٍ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ سِيرِينَ، عَنْ أُمِّ عَطِيَّةَ، قَالَتْ دَخَلَ عَلَيْنَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم وَنَحْنُ نَغْسِلُ ابْنَتَهُ فَقَالَ " اغْسِلْنَهَا ثَلاَثًا أَوْ خَمْسًا أَوْ أَكْثَرَ مِنْ ذَلِكَ إِنْ رَأَيْتُنَّ ذَلِكَ بِمَاءٍ وَسِدْرٍ وَاجْعَلْنَ فِي الآخِرَةِ كَافُورًا أَوْ شَيْئًا مِنْ كَافُورٍ فَإِذَا فَرَغْتُنَّ فَآذِنَّنِي " . فَلَمَّا فَرَغْنَا آذَنَّاهُ فَأَلْقَى إِلَيْنَا حِقْوَهُ فَقَالَ " أَشْعِرْنَهَا إِيَّاهُ " .
Umm Atiyya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Biz (Rasululloh ﷺ ning) qizini yuvayotganimizda Nabiy ﷺ huzurimizga kirdilar va: «Uni suv va sidr (bargi) bilan uch marta yoki besh marta, agar zarur deb bilsangiz undan ham koʻproq yuvinglar, oxirgisida kofur yoki bir oz kofur (qoʻshib) qoʻyinglar; tugatganingizda menga xabar beringlar», dedilar. Biz tugatganimizda u zotga xabar berdik. Shunda u zot oʻz izorlarini bizga uzatib: «Buni uning badaniga oʻrang», dedilar.