حَدَّثَنَا هَارُونُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، وَحَجَّاجُ بْنُ الشَّاعِرِ، قَالاَ حَدَّثَنَا حَجَّاجُ بْنُ مُحَمَّدٍ، قَالَ قَالَ ابْنُ جُرَيْجٍ أَخْبَرَنِي أَبُو الزُّبَيْرِ، أَنَّهُ سَمِعَ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ، يُحَدِّثُ أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم خَطَبَ يَوْمًا فَذَكَرَ رَجُلاً مِنْ أَصْحَابِهِ قُبِضَ فَكُفِّنَ فِي كَفَنٍ غَيْرِ طَائِلٍ وَقُبِرَ لَيْلاً فَزَجَرَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَنْ يُقْبَرَ الرَّجُلُ بِاللَّيْلِ حَتَّى يُصَلَّى عَلَيْهِ إِلاَّ أَنْ يُضْطَرَّ إِنْسَانٌ إِلَى ذَلِكَ وَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " إِذَا كَفَّنَ أَحَدُكُمْ أَخَاهُ فَلْيُحَسِّنْ كَفَنَهُ " .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ bir kuni xutba qildilar va ashoblaridan birini esladilar — u kishi vafot etgan, yetarli boʻlmagan (kichik) kafanga kafanlangan va kechasi dafn qilingan edi. Shunda Nabiy ﷺ kishi kechasi — uning ustiga (janoza) namozi oʻqilmasdan turib — dafn qilinishidan qaytardilar, faqat odam (chorasiz qolib) majbur boʻlsagina (mustasno). Nabiy ﷺ shunday dedilar: «Biringiz birodarini kafanlasa, uning kafanini chiroyli qilsin.»