وَحَدَّثَنِي سُرَيْجُ بْنُ يُونُسَ، وَعَلِيُّ بْنُ حُجْرٍ، قَالاَ حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، - وَهُوَ ابْنُ عُلَيَّةَ - عَنْ هِشَامٍ الدَّسْتَوَائِيِّ، عَنْ يَحْيَى بْنِ أَبِي كَثِيرٍ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ بْنِ مِقْسَمٍ، عَنْ جَابِرِ، بْنِ عَبْدِ اللَّهِ قَالَ مَرَّتْ جَنَازَةٌ فَقَامَ لَهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَقُمْنَا مَعَهُ فَقُلْنَا يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّهَا يَهُودِيَّةٌ . فَقَالَ " إِنَّ الْمَوْتَ فَزَعٌ فَإِذَا رَأَيْتُمُ الْجَنَازَةَ فَقُومُوا " .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir janoza oʻtdi va Rasululloh ﷺ uning uchun oʻrinlaridan turdilar, biz ham u zot bilan birga turdik. «Yo Rasululloh! Bu yahudiy ayolning (janozasi) edi-ku», — dedik. Shunda u zot: «Albatta, oʻlim — dahshatli (ish)dir, shuning uchun janozani koʻrsangiz, oʻrningizdan turinglar», — dedilar.