حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، وَزُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، قَالاَ حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدٍ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ كَيْسَانَ، عَنْ أَبِي حَازِمٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ زَارَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم قَبْرَ أُمِّهِ فَبَكَى وَأَبْكَى مَنْ حَوْلَهُ فَقَالَ " اسْتَأْذَنْتُ رَبِّي فِي أَنْ أَسْتَغْفِرَ لَهَا فَلَمْ يُؤْذَنْ لِي وَاسْتَأْذَنْتُهُ فِي أَنْ أَزُورَ قَبْرَهَا فَأُذِنَ لِي فَزُورُوا الْقُبُورَ فَإِنَّهَا تُذَكِّرُ الْمَوْتَ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ onalarining qabrini ziyorat qildilar va yigʻladilar, atroflaridagilarni ham yigʻlatdilar. Soʻng: «Men Robbimdan u (onam) uchun magʻfirat soʻrashga ruxsat soʻradim, lekin menga ruxsat berilmadi. Va men Undan onamning qabrini ziyorat qilishga ruxsat soʻradim, menga ruxsat berildi. Bas, qabrlarni ziyorat qilinglar, chunki u (ziyorat) oʻlimni eslatadi», dedilar.