حَدَّثَنَا عَوْنُ بْنُ سَلاَّمٍ الْكُوفِيُّ، أَخْبَرَنَا زُهَيْرٌ، عَنْ سِمَاكٍ، عَنْ جَابِرِ بْنِ سَمُرَةَ، قَالَ أُتِيَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم بِرَجُلٍ قَتَلَ نَفْسَهُ بِمَشَاقِصَ فَلَمْ يُصَلِّ عَلَيْهِ .
Jobir ibn Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ ning huzurlariga oʻzini paykonli oʻq (keng uchli oʻq) bilan oʻldirgan bir kishi(ning jasadi) keltirildi, u zot unga (janoza) namozi oʻqimadilar.