وَحَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، وَابْنُ، نُمَيْرٍ قَالاَ حَدَّثَنَا ابْنُ فُضَيْلٍ، عَنْ عُمَارَةَ، عَنْ أَبِي زُرْعَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَىُّ الصَّدَقَةِ أَعْظَمُ أَجْرًا فَقَالَ " أَمَا وَأَبِيكَ لَتُنَبَّأَنَّهُ أَنْ تَصَدَّقَ وَأَنْتَ صَحِيحٌ شَحِيحٌ تَخْشَى الْفَقْرَ وَتَأْمُلُ الْبَقَاءَ وَلاَ تُمْهِلْ حَتَّى إِذَا بَلَغَتِ الْحُلْقُومَ قُلْتَ لِفُلاَنٍ كَذَا وَلِفُلاَنٍ كَذَا وَقَدْ كَانَ لِفُلاَنٍ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U dedi: Nabiy ﷺ huzurlariga bir kishi kelib: «Yo Rasululloh! Qaysi sadaqa ajri jihatidan eng ulugʻroq?» dedi. Shunda u zot: «Otang haqqi! Albatta senga bildirilur: (eng ulugʻi) soppa-sogʻ, bisotingga ziqna, kambagʻallikdan qoʻrqib, (uzoq) yashashni umid qilib turgan holingda sadaqa qilishingdir. (Joningga) suv yetib, ‹Falonchiga buncha, falonchiga buncha› deydigan holatga kelishini kutib, (sadaqani) kechiktirma — axir u (mol) endi falonchining (merosxoʻrning) moli boʻlib qolgan», — dedilar.