حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، وَعَمْرٌو النَّاقِدُ، قَالاَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عُرْوَةَ بْنِ الزُّبَيْرِ، وَسَعِيدٍ، عَنْ حَكِيمِ بْنِ حِزَامٍ، قَالَ سَأَلْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَأَعْطَانِي ثُمَّ سَأَلْتُهُ فَأَعْطَانِي ثُمَّ سَأَلْتُهُ فَأَعْطَانِي ثُمَّ قَالَ " إِنَّ هَذَا الْمَالَ خَضِرَةٌ حُلْوَةٌ فَمَنْ أَخَذَهُ بِطِيبِ نَفْسٍ بُورِكَ لَهُ فِيهِ وَمَنْ أَخَذَهُ بِإِشْرَافِ نَفْسٍ لَمْ يُبَارَكْ لَهُ فِيهِ وَكَانَ كَالَّذِي يَأْكُلُ وَلاَ يَشْبَعُ وَالْيَدُ الْعُلْيَا خَيْرٌ مِنَ الْيَدِ السُّفْلَى " .
Hakim ibn Hizom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U dedi: Nabiy ﷺ dan (mol) soʻradim, menga berdilar; soʻng yana soʻradim, menga berdilar; soʻng yana soʻradim, menga berdilar. Soʻng u zot: «Albatta bu mol koʻkarib turgan shirin (narsa)dir. Kim uni koʻngil xushligi bilan olsa, unga (mol)da baraka boʻladi; kim uni koʻngli ochlik (tamaʼ) bilan olsa, unga (mol)da baraka boʻlmaydi va u yeb-yeb toʻymaydigan kishidek boʻladi. Yuqori qoʻl pastki qoʻldan yaxshiroqdir», — dedilar.