حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عُمَرَ الْمَكِّيُّ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَمْرِو بْنِ دِينَارٍ، حَدَّثَنِي وَهْبُ بْنُ، مُنَبِّهٍ - وَدَخَلْتُ عَلَيْهِ فِي دَارِهِ بِصَنْعَاءَ فَأَطْعَمَنِي مِنْ جَوْزَةٍ فِي دَارِهِ - عَنْ أَخِيهِ قَالَ سَمِعْتُ مُعَاوِيَةَ بْنَ أَبِي سُفْيَانَ يَقُولُ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ . فَذَكَرَ مِثْلَهُ .
Muoviya ibn Abu Sufyon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Soʻrashda qistab-yalinmanglar. Ollohga qasamki, sizlardan biror kishi mendan biror narsa soʻrasa-yu, men yoqtirmagan holimda uning soʻrovi mendan biror narsa chiqartirsa, men bergan narsada unga baraka boʻlmaydi», — dedilar.