حَدَّثَنِي هَنَّادُ بْنُ السَّرِيِّ، حَدَّثَنَا أَبُو الأَحْوَصِ، عَنْ بَيَانٍ أَبِي بِشْرٍ، عَنْ قَيْسِ بْنِ، أَبِي حَازِمٍ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " لأَنْ يَغْدُوَ أَحَدُكُمْ فَيَحْطِبَ عَلَى ظَهْرِهِ فَيَتَصَدَّقَ بِهِ وَيَسْتَغْنِيَ بِهِ مِنَ النَّاسِ خَيْرٌ لَهُ مِنْ أَنْ يَسْأَلَ رَجُلاً أَعْطَاهُ أَوْ مَنَعَهُ ذَلِكَ فَإِنَّ الْيَدَ الْعُلْيَا أَفْضَلُ مِنَ الْيَدِ السُّفْلَى وَابْدَأْ بِمَنْ تَعُولُ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sizlardan biringiz erta tongda chiqib, oʻtin terib yelkasiga ortib (sotib), undan sadaqa berishi va shu bilan odamlardan behojat boʻlishi, biror kishidan soʻrab — u bersa ham, bermasa ham — yaxshiroqdir. Chunki yuqori (beruvchi) qoʻl quyi (oluvchi) qoʻldan afzaldir. (Sadaqa berishni) oʻzing boqadigan kishilardan boshla», — dedilar.