حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا لَيْثٌ، عَنْ بُكَيْرٍ، عَنْ بُسْرِ بْنِ سَعِيدٍ، عَنِ ابْنِ السَّاعِدِيِّ، الْمَالِكِيِّ أَنَّهُ قَالَ اسْتَعْمَلَنِي عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ - رضى الله عنه - عَلَى الصَّدَقَةِ فَلَمَّا فَرَغْتُ مِنْهَا وَأَدَّيْتُهَا إِلَيْهِ أَمَرَ لِي بِعُمَالَةٍ فَقُلْتُ إِنَّمَا عَمِلْتُ لِلَّهِ وَأَجْرِي عَلَى اللَّهِ . فَقَالَ خُذْ مَا أُعْطِيتَ فَإِنِّي عَمِلْتُ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَعَمَّلَنِي فَقُلْتُ مِثْلَ قَوْلِكَ فَقَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِذَا أُعْطِيتَ شَيْئًا مِنْ غَيْرِ أَنْ تَسْأَلَ فَكُلْ وَتَصَدَّقْ " .
Ibn as-Soidiy al-Molikiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Umar ibn al-Xattob meni sadaqa (zakot) yigʻishga ishga oldi. Men uni (yigʻib) bitirib, oʻziga topshirganimda, u menga ish haqi (mukofot) berishni buyurdi. Men: «Men buni faqat Alloh uchun qildim, ajrim esa Allohning zimmasida», dedim. U: «Senga berilganni ol! Men ham Rasululloh ﷺ zamonida (shunday) ish qilgan edim, u zot meni ishga olgan edilar. Men ham sening soʻzingdek aytgan edim. Shunda Rasululloh ﷺ menga: ‹Senga soʻramaganing holda biror narsa berilsa, (uni ol-da) ye va sadaqa qil› dedilar», dedi.