حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ مَالِكِ بْنِ أَنَسٍ، فِيمَا قُرِئَ عَلَيْهِ عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَزِيدَ اللَّيْثِيِّ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، أَنَّ نَاسًا، مِنَ الأَنْصَارِ سَأَلُوا رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَعْطَاهُمْ ثُمَّ سَأَلُوهُ فَأَعْطَاهُمْ حَتَّى إِذَا نَفِدَ مَا عِنْدَهُ قَالَ " مَا يَكُنْ عِنْدِي مِنْ خَيْرٍ فَلَنْ أَدَّخِرَهُ عَنْكُمْ وَمَنْ يَسْتَعْفِفْ يُعِفَّهُ اللَّهُ وَمَنْ يَسْتَغْنِ يُغْنِهِ اللَّهُ وَمَنْ يَصْبِرْ يُصَبِّرْهُ اللَّهُ وَمَا أُعْطِيَ أَحَدٌ مِنْ عَطَاءٍ خَيْرٌ وَأَوْسَعُ مِنَ الصَّبْرِ " .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ansorlardan baʼzi kishilar Rasululloh ﷺ dan (biror narsa) soʻradilar, u zot ularga berdilar. Soʻng yana soʻradilar, u zot yana berdilar, toki u zotning huzurlaridagi narsa tugagunicha. (U zot): «Mende boʻlgan har qanday yaxshilik (mol)ni sizlardan (ayab) yashirmayman. Kim (soʻrashdan) iffatli boʻlishni istasa, Alloh uni iffatli qiladi; kim (boshqalardan) behojat boʻlishni istasa, Alloh uni boy qiladi; kim sabr qilishni istasa, Alloh unga sabr beradi. Hech kimga sabrdan koʻra yaxshiroq va kengroq (boshqa) atiya (inʼom) berilmagan», dedilar.