حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ حَاتِمٍ، حَدَّثَنَا بَهْزٌ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، حَدَّثَنَا ثَابِتٌ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ لَمَّا نَزَلَتْ هَذِهِ الآيَةُ { لَنْ تَنَالُوا الْبِرَّ حَتَّى تُنْفِقُوا مِمَّا تُحِبُّونَ} قَالَ أَبُو طَلْحَةَ أُرَى رَبَّنَا يَسْأَلُنَا مِنْ أَمْوَالِنَا فَأُشْهِدُكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَنِّي قَدْ جَعَلْتُ أَرْضِي بَرِيحَا لِلَّهِ . قَالَ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " اجْعَلْهَا فِي قَرَابَتِكَ " . قَالَ فَجَعَلَهَا فِي حَسَّانَ بْنِ ثَابِتٍ وَأُبَىِّ بْنِ كَعْبٍ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Qachonki bu oyat: {Toki sevadigan narsalaringizdan ehson qilmaguningizcha, hech yaxshilikka (savobga) erisha olmaysiz} (Oli Imron 92) nozil boʻlgach, Abu Talha: «Men Robbimizni bizdan mollarimizdan (bir narsa) soʻrayotganini koʻryapman. Bas, ey Rasululloh, sizni guvoh qilamanki, men oʻzimning Barihoʼ (degan) yerimni Alloh uchun (sadaqa) qildim», dedi. (Anas) dedi: Shunda Rasululloh ﷺ: «Uni qarindoshlaringga ajrat», dedilar. (Anas) dedi: Soʻng u uni Hasson ibn Sobit bilan Ubay ibn Kaʼbga ajratdi.