حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ مُسْهِرٍ، وَعَبَّادُ بْنُ الْعَوَّامِ، عَنِ الشَّيْبَانِيِّ، عَنِ ابْنِ أَبِي أَوْفَى، - رضى الله عنه - قَالَ كُنَّا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي سَفَرٍ فَلَمَّا غَابَتِ الشَّمْسُ قَالَ لِرَجُلٍ " انْزِلْ فَاجْدَحْ لَنَا " . فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ لَوْ أَمْسَيْتَ . قَالَ " انْزِلْ فَاجْدَحْ لَنَا " . قَالَ إِنَّ عَلَيْنَا نَهَارًا . فَنَزَلَ فَجَدَحَ لَهُ فَشَرِبَ ثُمَّ قَالَ " إِذَا رَأَيْتُمُ اللَّيْلَ قَدْ أَقْبَلَ مِنْ هَا هُنَا - وَأَشَارَ بِيَدِهِ نَحْوَ الْمَشْرِقِ - فَقَدْ أَفْطَرَ الصَّائِمُ " .
Abdulloh ibn Abu Avfo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh ﷺ bilan bir safarda edik. Quyosh botgach, u zot bir kishiga: ‹Tushib bizga (talqon) ezib ichimlik tayyorlab ber›, dedilar. U: ‹Yo Rasululloh! Kech kirsa boʻlmasmidi?› dedi. U zot: ‹Tushib bizga (talqon) ezib tayyorlab ber›, dedilar. U: ‹Hali ustimizda kunduz bor-ku›, dedi. Shunda u tushib, u zotga (talqon) ezib tayyorlab berdi, u zot uni ichdilar, soʻng: ‹Tun mana bu tarafdan kelganini koʻrsangiz — deb qoʻllari bilan mashriq tomonga ishora qildilar — demak roʻzador iftor qildi (roʻzasini ochadi)›, dedilar», dedi.