حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، قَالَ قَرَأْتُ عَلَى مَالِكٍ عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، - رضى الله عنهما - أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم نَهَى عَنِ الْوِصَالِ قَالُوا إِنَّكَ تُوَاصِلُ . قَالَ " إِنِّي لَسْتُ كَهَيْئَتِكُمْ إِنِّي أُطْعَمُ وَأُسْقَى " .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ visoldan (iftor qilmay roʻzani ulab ketishdan) qaytardilar. Ular: «Siz visol qilasiz-ku», dedilar. U zot: «Men sizlarga oʻxshamayman; menga (Alloh tomonidan) taom beriladi va suv ichiriladi», dedilar.