حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا خَالِدُ بْنُ مَخْلَدٍ، - وَهُوَ الْقَطَوَانِيُّ - عَنْ سُلَيْمَانَ، بْنِ بِلاَلٍ حَدَّثَنِي أَبُو حَازِمٍ، عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ، - رضى الله عنه - قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ فِي الْجَنَّةِ بَابًا يُقَالُ لَهُ الرَّيَّانُ يَدْخُلُ مِنْهُ الصَّائِمُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لاَ يَدْخُلُ مَعَهُمْ أَحَدٌ غَيْرُهُمْ يُقَالُ أَيْنَ الصَّائِمُونَ فَيَدْخُلُونَ مِنْهُ فَإِذَا دَخَلَ آخِرُهُمْ أُغْلِقَ فَلَمْ يَدْخُلْ مِنْهُ أَحَدٌ " .
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta jannatda Rayyon deb ataladigan bir eshik bor. Qiyomat kuni roʻzadorlar oʻsha eshikdan kiradilar; ulardan boshqa hech kim ular bilan birga kirmaydi. ‹Roʻzadorlar qani?› deyiladi, shunda ular oʻsha eshikdan kiradilar. Ularning oxirgisi kirgach, (eshik) yopiladi va undan boshqa hech kim kirmaydi», — dedilar.