وَحَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ مُعَاذٍ، حَدَّثَنَا أَبِي، حَدَّثَنَا كَهْمَسٌ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ شَقِيقٍ، قَالَ قُلْتُ لِعَائِشَةَ - رضى الله عنها - أَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَصُومُ شَهْرًا كُلَّهُ قَالَتْ مَا عَلِمْتُهُ صَامَ شَهْرًا كُلَّهُ إِلاَّ رَمَضَانَ وَلاَ أَفْطَرَهُ كُلَّهُ حَتَّى يَصُومَ مِنْهُ حَتَّى مَضَى لِسَبِيلِهِ صلى الله عليه وسلم .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Men u zot Ramazondan boshqa biror oyni toʻliq roʻza tutganlarini bilmayman, biror oyni butunlay (roʻzasiz) ochiq qoldirganlarini ham bilmayman — balki undan (har oydan) albatta roʻza tutardilar — toki yoʻllariga (umr nihoyasiga) yetgunlaricha».