وَحَدَّثَنَا أَبُو كُرَيْبٍ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، عَنْ مِسْعَرٍ، وَسُفْيَانَ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ بْنِ مُحَمَّدِ بْنِ، الْمُنْتَشِرِ عَنْ أَبِيهِ، قَالَ سَمِعْتُ ابْنَ عُمَرَ، - رضى الله عنهما - يَقُولُ لأَنْ أُصْبِحَ مُطَّلِيًا بِقَطِرَانٍ أَحَبُّ إِلَىَّ مِنْ أَنْ أُصْبِحَ مُحْرِمًا أَنْضَخُ طِيبًا - قَالَ - فَدَخَلْتُ عَلَى عَائِشَةَ - رضى الله عنها - فَأَخْبَرْتُهَا بِقَوْلِهِ فَقَالَتْ طَيَّبْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَطَافَ فِي نِسَائِهِ ثُمَّ أَصْبَحَ مُحْرِمًا .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Men Ibn Umarning shunday deyotganini eshitdim: ‹Men xushboʻylik anqib turgan holda ehromli boʻlib tonglashdan koʻra, qatron (qora moy) surtinib tonglashim menga sevimliroqdir›. Soʻng men Oishaning oldiga kirib, unga uning (Ibn Umarning) bu soʻzini xabar qildim. Shunda u: ‹Men Rasululloh ﷺ ni xushboʻyladim, soʻng u zot ayollarini aylanib (yonlariga kirib) chiqdilar, keyin ehromli holda tongotdilar›, dedi».