حَدَّثَنَا شَيْبَانُ بْنُ فَرُّوخَ، حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ زَيْدِ بْنِ جُبَيْرٍ، قَالَ سَأَلَ رَجُلٌ ابْنَ عُمَرَ مَا يَقْتُلُ الرَّجُلُ مِنَ الدَّوَابِّ وَهُوَ مُحْرِمٌ قَالَ حَدَّثَتْنِي إِحْدَى نِسْوَةِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّهُ كَانَ يَأْمُرُ بِقَتْلِ الْكَلْبِ الْعَقُورِ وَالْفَارَةِ وَالْعَقْرَبِ وَالْحُدَيَّا وَالْغُرَابِ وَالْحَيَّةِ . قَالَ وَفِي الصَّلاَةِ أَيْضًا .
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: bir kishi undan: «Kishi ehromli holida jonivorlardan nimani oʻldira oladi?» deb soʻradi. U: «Menga Nabiy ﷺ ning ayollaridan biri hadis aytib berishicha, u zot ﷺ talovchi (quturgan) it, sichqon, chayon, kalxat, qargʻa va ilon oʻldirilishiga buyurar edilar», dedi. «Namozda ham (oʻldiriladi)», dedi.