حَدَّثَنِي عَلِيُّ بْنُ حُجْرٍ السَّعْدِيُّ، وَزُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، وَيَعْقُوبُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، جَمِيعًا عَنِ ابْنِ عُلَيَّةَ، عَنْ أَيُّوبَ، فِي هَذَا الإِسْنَادِ . بِمِثْلِهِ .
Kaʼb ibn Ujra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Hudaybiya zamonida mening oldimga keldilar, men esa qozon ostida olov yoqayotgan edim, bitlar yuzimga toʻkilayotgan edi. Shunda (u zot): «Boshingdagi hasharotlar seni bezovta qilyaptimi?» dedilar. Men: «Ha», dedim. (U zot): «Boshingni qirib tashla-da, uch kun roʻza tut, yoki olti miskinni taomlantir, yoki bir jonliq qurbonlik qil», dedilar.