حَدَّثَنَا هَارُونُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا الأَسْوَدُ بْنُ عَامِرٍ، عَنْ زُهَيْرٍ، عَنْ أَبِي الزُّبَيْرِ، قَالَ سَمِعْتُ سَعِيدَ بْنَ جُبَيْرٍ، يَقُولُ قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ - رضى الله عنهما - وَقَصَتْ رَجُلاً رَاحِلَتُهُ وَهُوَ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَمَرَهُمْ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ يَغْسِلُوهُ بِمَاءٍ وَسِدْرٍ وَأَنْ يَكْشِفُوا وَجْهَهُ - حَسِبْتُهُ قَالَ - وَرَأْسَهُ فَإِنَّهُ يُبْعَثُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَهُوَ يُهِلُّ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: bir kishini ulovi (yiqitib) boʻynini sindirdi, u Rasululloh ﷺ bilan birga edi. Shunda Rasululloh ﷺ ularga uni suv va sidr (bargi) bilan yuvishlarini va yuzini ochiq qoldirishlarini buyurdilar — (roviy) deydi: men u: «va boshini» dedi deb oʻylayman — chunki u qiyomat kuni talbiya aytayotgan holida tiriltiriladi.