وَحَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا ابْنُ عُلَيَّةَ، عَنِ ابْنِ عَوْنٍ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنِ الأَسْوَدِ، عَنْ أَمِّ الْمُؤْمِنِينَ، ح وَعَنِ الْقَاسِمِ، عَنْ أُمِّ الْمُؤْمِنِينَ، قَالَتْ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ يَصْدُرُ النَّاسُ بِنُسُكَيْنِ وَأَصْدُرُ بِنُسُكٍ وَاحِدٍ قَالَ " انْتَظِرِي فَإِذَا طَهَرْتِ فَاخْرُجِي إِلَى التَّنْعِيمِ فَأَهِلِّي مِنْهُ ثُمَّ الْقَيْنَا عِنْدَ كَذَا وَكَذَا - قَالَ أَظُنُّهُ قَالَ غَدًا - وَلَكِنَّهَا عَلَى قَدْرِ نَصَبِكِ - أَوْ قَالَ - نَفَقَتِكِ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Men: ‹Yo Rasululloh! Odamlar ikki ibodat (haj va umra) bilan qaytadi, men esa bitta ibodat bilan qaytaman›, — dedim. (U zot): ‹Kutib tur, poklanganingda Tanʼimga chiq va u yerdan ihromga kir, soʻng falon-falon (joy)da bizga uchrash› — (rovin) dedi: ‹Gumonimcha, u zot ‹ertaga› dedilar deb oʻylayman› — ‹Lekin u (umraning savobi) chekkan mashaqqating› — yoki: ‹sarflagan xarajating› — ‹miqdoricha boʻladi›, — dedilar.»