حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ حَاتِمٍ، حَدَّثَنَا بَهْزٌ، حَدَّثَنَا وُهَيْبٌ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ طَاوُسٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، - رضى الله عنها - أَنَّهَا أَهَلَّتْ بِعُمْرَةٍ فَقَدِمَتْ وَلَمْ تَطُفْ بِالْبَيْتِ حَتَّى حَاضَتْ فَنَسَكَتِ الْمَنَاسِكَ كُلَّهَا . وَقَدْ أَهَلَّتْ بِالْحَجِّ . فَقَالَ لَهَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يَوْمَ النَّفْرِ " يَسَعُكِ طَوَافُكِ لِحَجِّكِ وَعُمْرَتِكِ " . فَأَبَتْ فَبَعَثَ بِهَا مَعَ عَبْدِ الرَّحْمَنِ إِلَى التَّنْعِيمِ فَاعْتَمَرَتْ بَعْدَ الْحَجِّ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: u (Oisha) umraga ehrom bogʻladi va (Makkaga) kelib, hayz koʻrgani sababli Baytni tavof qilmadi, soʻng (hajga ham ehrom bogʻlab) barcha manosiklarni ado etdi. U hajga (ham) ehrom bogʻlagan edi. Shunda Nabiy ﷺ unga (Minodan) qaytish kuni: «Tavofing hajing va umrang uchun kifoya qiladi», dedilar. Ammo u (Oisha) koʻnmadi. Shunda (Nabiy ﷺ) uni Abdurahmon bilan Tanʼimga joʻnatdilar va u hajdan keyin umra qildi.