وَحَدَّثَنِيهِ يَحْيَى بْنُ حَبِيبٍ الْحَارِثِيُّ، حَدَّثَنَا خَالِدٌ، - يَعْنِي ابْنَ الْحَارِثِ - أَخْبَرَنَا شُعْبَةُ، بِهَذَا الإِسْنَادِ مِثْلَهُ .
Abdulloh ibn Shaqiq (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Usmon mutʼa (tamattuʼ)dan qaytarar, Ali esa unga buyurar edi. Shunda Usmon Aliga bir soʻz aytdi. Soʻng Ali: «Albatta bilasanki, biz Rasululloh ﷺ bilan birga tamattuʼ qilganmiz», dedi. (Usmon): «Toʻgʻri, lekin biz (oʻshanda) qoʻrqqan edik», dedi.