وَحَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ حَاتِمِ بْنِ مَيْمُونٍ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، عَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي عَطَاءٌ، قَالَ سَمِعْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ، يُحَدِّثُنَا قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لاِمْرَأَةٍ مِنَ الأَنْصَارِ سَمَّاهَا ابْنُ عَبَّاسٍ فَنَسِيتُ اسْمَهَا " مَا مَنَعَكِ أَنْ تَحُجِّي مَعَنَا " . قَالَتْ لَمْ يَكُنْ لَنَا إِلاَّ نَاضِحَانِ فَحَجَّ أَبُو وَلَدِهَا وَابْنُهَا عَلَى نَاضِحٍ وَتَرَكَ لَنَا نَاضِحًا نَنْضِحُ عَلَيْهِ قَالَ " فَإِذَا جَاءَ رَمَضَانُ فَاعْتَمِرِي فَإِنَّ عُمْرَةً فِيهِ تَعْدِلُ حَجَّةً " .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ansorlardan boʻlgan bir ayolga — Ibn Abbos uning ismini aytgan edi, lekin men unutibman — «Nima seni biz bilan haj qilishingdan toʻsdi?» — dedilar. U: «Bizning faqat ikkita suv tashuvchi tuyamiz bor edi; bolasining otasi (eri) va oʻgʻli (ulardan) bir tuyada haj qilgani ketdi, biz uchun esa suv tashiydigan bitta tuyani qoldirdi», dedi. (Rasululloh ﷺ): «Ramazon kelganda umra qilgin, zero undagi umra hajga teng (savob) boʻladi», dedilar.