حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، قَالَ حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ مُسْهِرٍ، عَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ، عَنْ أَبِي، الزُّبَيْرِ عَنْ جَابِرٍ، قَالَ طَافَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِالْبَيْتِ فِي حَجَّةِ الْوَدَاعِ عَلَى رَاحِلَتِهِ يَسْتَلِمُ الْحَجَرَ بِمِحْجَنِهِ لأَنْ يَرَاهُ النَّاسُ وَلِيُشْرِفَ وَلِيَسْأَلُوهُ فَإِنَّ النَّاسَ غَشُوهُ.
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ Vidoʼ (Vidolashuv) hajjida Baytni rohilalari (minadigan tuyalari) ustida tavof qilib, Hajar (qora tosh)ni mihjanlari (egri tayoqlari) bilan istilom qildilar. Buni odamlar u zotni koʻrishlari, u zot baland (koʻzga koʻrinarli) boʻlishlari va odamlar u zotdan (savol) soʻrashlari uchun (qildilar), chunki odamlar u zotning atroflarini oʻrab olgan edilar», dedi.