حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، وَأَبُو كُرَيْبٍ قَالاَ حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ يَزِيدَ، قَالَ رَمَى عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْعُودٍ جَمْرَةَ الْعَقَبَةِ مِنْ بَطْنِ الْوَادِي بِسَبْعِ حَصَيَاتٍ يُكَبِّرُ مَعَ كُلِّ حَصَاةٍ . قَالَ فَقِيلَ لَهُ إِنَّ أُنَاسًا يَرْمُونَهَا مِنْ فَوْقِهَا . فَقَالَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْعُودٍ هَذَا وَالَّذِي لاَ إِلَهَ غَيْرُهُ مَقَامُ الَّذِي أُنْزِلَتْ عَلَيْهِ سُورَةُ الْبَقَرَةِ.
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Masʼud jamratul-Aqabaga vodiyning ichidan (pastidan) turib yetti dona shagʻal tosh otdi, har bir tosh bilan birga takbir aytar edi. Unga: «Odamlar unga yuqori tomonidan tosh otadi-ku», deyildi. Shunda Abdulloh ibn Masʼud: «Undan oʻzga iloh boʻlmagan Zotga qasamki, mana shu — uning ustiga Baqara surasi nozil qilingan zotning (Paygʻambar ﷺ ning) turgan joyidir», dedi.