وَحَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا عَبْدُ الأَعْلَى، حَدَّثَنَا هِشَامٌ، عَنْ مُحَمَّدٍ، عَنْ أَنَسِ، بْنِ مَالِكٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم رَمَى جَمْرَةَ الْعَقَبَةِ ثُمَّ انْصَرَفَ إِلَى الْبُدْنِ فَنَحَرَهَا وَالْحَجَّامُ جَالِسٌ وَقَالَ بِيَدِهِ عَنْ رَأْسِهِ فَحَلَقَ شِقَّهُ الأَيْمَنَ فَقَسَمَهُ فِيمَنْ يَلِيهِ ثُمَّ قَالَ " احْلِقِ الشِّقَّ الآخَرَ " . فَقَالَ " أَيْنَ أَبُو طَلْحَةَ " . فَأَعْطَاهُ إِيَّاهُ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Jamratul-Aqabaga (tosh) otdilar, soʻng qurbonlik tuyalariga yuzlanib, ularni soʻydilar. Sartarosh oʻtirgan edi. (Rasululloh ﷺ) qoʻllari bilan boshlariga ishora qildilar, (sartarosh) oʻng tomonni oldirdi, (Rasululloh ﷺ) uni oʻz yonidagilar orasida boʻlib berdilar. Soʻng: «Ikkinchi tomonni oldir», dedilar. Keyin: «Abu Talha qayerda?» dedilar va uni unga berdilar.