حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عَلِيٍّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الأَعْلَى، حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ أَبِي عَبْدِ اللَّهِ، عَنْ أَبِي الزُّبَيْرِ، عَنْ جَابِرٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم رَأَى امْرَأَةً فَأَتَى امْرَأَتَهُ زَيْنَبَ وَهْىَ تَمْعَسُ مَنِيئَةً لَهَا فَقَضَى حَاجَتَهُ ثُمَّ خَرَجَ إِلَى أَصْحَابِهِ فَقَالَ " إِنَّ الْمَرْأَةَ تُقْبِلُ فِي صُورَةِ شَيْطَانٍ وَتُدْبِرُ فِي صُورَةِ شَيْطَانٍ فَإِذَا أَبْصَرَ أَحَدُكُمُ امْرَأَةً فَلْيَأْتِ أَهْلَهُ فَإِنَّ ذَلِكَ يَرُدُّ مَا فِي نَفْسِهِ " .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir ayolni koʻrib qoldilar-da, xotinlari Zaynabning oldiga keldilar — u oʻsha payt teri oshlab (ishqab) turgan edi —, soʻng (xotinlari bilan) hojatlarini ado etdilar. Keyin ashoblarining oldiga chiqib, dedilar: «Albatta, ayol shayton suratida (koʻrinishida) keladi va shayton suratida ketadi. Bas, biringiz bir ayolni koʻrib qolsa, ahli (xotini)ning oldiga borsin. Zero, bu uning koʻnglidagi narsani (shahvatni) qaytaradi».