وَحَدَّثَنِي عَمْرٌو النَّاقِدُ، وَزُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، وَابْنُ أَبِي عُمَرَ، قَالَ زُهَيْرٌ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، بْنُ عُيَيْنَةَ عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ سَعِيدٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم نَهَى أَنْ يَبِيعَ حَاضِرٌ لِبَادٍ أَوْ يَتَنَاجَشُوا أَوْ يَخْطُبَ الرَّجُلُ عَلَى خِطْبَةِ أَخِيهِ أَوْ يَبِيعَ عَلَى بَيْعِ أَخِيهِ وَلاَ تَسْأَلِ الْمَرْأَةُ طَلاَقَ أُخْتِهَا لِتَكْتَفِئَ مَا فِي إِنَائِهَا أَوْ مَا فِي صَحْفَتِهَا . زَادَ عَمْرٌو فِي رِوَايَتِهِ وَلاَ يَسُمِ الرَّجُلُ عَلَى سَوْمِ أَخِيهِ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ shahar ahli kishi qishloqlik (sahroyi) uchun (vositachi boʻlib) sotishidan yoki (xaridorni aldash uchun) narxni oshirib aytishlaridan yoki kishi birodarining sovchiligi ustiga sovchilik qilishidan yoki birodarining savdosi ustiga savdo qilishidan qaytardilar; va ayol kishi (kundoshining) idishidagi (rizqini) oʻziga toʻplab olish (yaʼni undan boy boʻlish) uchun opa-singlisining (kundoshining) taloq qilinishini soʻramasin. Amr oʻz rivoyatida shuni ziyoda qildi: «Va kishi birodarining bahosi (narxlashishi) ustiga narxlashmasin».